MUHOFAZAKOR PROTOKOLI

O'ZBEK

Inson huquqlari muhofazakorlari uchun yaxlit xavfsizlik protokoli (Muhofazakor protokoli) jismoniy va raqamli xavfsizligimiz, farovonligimiz va chidamliligimizni oshirishga yordam beradi. Protokolga rioya qilgan holda biz shaxsiy va jamoaviy xavfsizligimizni yaxshilaymiz va oʻzimizga va bizning hamjamiyatimizga qarshi hujumlar, ta'qib va senzuraning yukini kamaytiramiz.

Muhofazakor protokoli Open Briefing ning butun dunyodagi xavf ostida boʻlgan muhofazakorlar bilan hamkorligi tajribasiga asoslanadi; ammo, unda umumiy koʻrsatmalarda aks ettirilmaydigan muhim mahalliy farqlar boʻladi va siz Protokolni oʻzingizning holatingiz, faoliyatingiz va profilingizga moslashtirishingiz lozim.

XAVFSIZLIK

  1. Siz duch keladigan xatarlarni yaxshiroq tushunishga va boshqarishga intiling:

    • Sizning ittifoqchilaringiz va dushmanlaringiz kimligi haqida fikr yuriting. Ittifoqchilaringiz sizning himoyangiz uchun foydalanishi mumkin boʻlgan manbalar va tarmoqlar haqida tushunchaga ega boʻling. Dushmanlaringizning imkoniyatlariva niyatlarini tushunishga harakat qiling, bu ulardan kelishi mumkin boʻlgan tahdidlar haqida yaxshiroq xulosa chiqarish imkonini beradi.

    • Sizning faoliyatingiz, shaxsiyatingiz, tanlagan taktikangiz va boshqa omillar hamda xususiyatlar sizning zaiflik yoki tahdidlardan himoyalanganlik darajangizni qanchalik oshirishi yoki kamaytirishi haqida oʻylab koʻring.

    • Hujum qilinishi ehtimolini yoki sodir boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa hodisalarni hamda ular sodir boʻlgan taqdirda, buning ta'sirini baholang, chunki bu sizga nisbatan xatar darajasini tushunishga imkon beradi.

    • Sizga nisbatan mavjud har bir xatarning ehtimoli va/yoki ta'sirini kamaytirish uchun aniq choralar koʻring.

  2. Atrofingizda boʻlayotgan voqealar borasida e'tiborli boʻling va atrofingizdagi odamlar va narsalardagi har qanday oʻzgarishlardan ogoh boʻling.

  3. Xavf mavjud holatlarda yoki joylarda doʻstlaringiz, oila a'zolaringiz yoki hamkasblaringiz bilan harakatlaning yoki xalqaro himoya hamrohligini soʻrang.

  4. Ishonchli va layoqatli doʻstingiz, hamkasbingiz yoki oila a'zolaringizdan xatar yuzaga kelganda bogʻlaniluvchi kontakt boʻlishini soʻrang. Xavf kuchaygan paytlarda ularga qayerga borishingizni, nima qilayotganingizni va qachon qaytishingizni oldindan bildiring. Kun davomida oldindan kelishilgan vaqtda oʻsha kontakt bilan xavfsizlik ulanishini amalga oshiring. Ular bilan agar siz bilan bogʻlish imkoni yoʻqolsa nima qilishlarini va kimlar bilan boʻlanishlarini kelishib oling.

  5. Oilangizni va hamkasblaringizni eng noxush vaziyatlarga tayyorlang, bu ularga ularni yengib oʻtishga yordam beradi:

    • Vasiyat qoldiring hamda oilangiz sizning muhim moliyaviy va huquqiy hujjatlaringiz qayerda saqlanishini bilishlarini ta'minlang.

    • Hamkasblaringiz bilan faoliyatni davom ettirish rejasini tuzing, shunda ular sizning yoʻqligingizda ham ishlashda davom etishlari mumkin.

    • Oilangizga va hamkasblaringizga boshqa joyga koʻchish, xavfsiz joy yoki boshpana izlash yoki boshqa ta'qiblardan oʻzlarini saqlash rejalarini tuzishda yordam bering.

  6. Iloji boʻlsa, inson huquqlari himoyachilari uchun moʻljallangan xavfsizlik boʻyicha yaxlit trening oʻtkazing. Shuningdek, birinchi tibbiy yordam mashgʻulotini oʻtkazish haqida ham oʻylab koʻring va uyingiz, transport vositangiz va ofisingiz uchun jarohatlarga qarshi shaxsiy tibbiy toʻplamlarini sotib oling.

  7. Oʻzingizga va oilangizga nisbatan qabul qilishga tayyor boʻlgan xavf-xatar darajasini tushunishga urining. Vaziyat siz qabul qilishingiz mumkin boʻlganidan xavfliroq boʻlib oʻzgarsa, yordam soʻrashdan yoki ishingizni toʻxtatib turishdan qoʻrqmang.

RAQAMLI XAVFSIZLIK

  1. Sizdagi turli xil ma'lumot turlarini koʻrib chiqing hamda ularning ishingiz uchun ahamiyativa hujum qilganlar unga erishgan taqdirda uning sizga va boshqalarga qanchalik zarar yekazishini tushunishga harakat qiling. Eng ahamiyatli yoki ehtimoliy zarari katta boʻlgan ma'lumotlarni himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻring.

  2. Agar uni ulashish lozim boʻlsa, maxfiy ma'lumotlarni hamkasblaringiz bilan yuzma-yuz gaplashish orqali bering yoki end-to-end shifrlash va oʻchib ketadigan xabarlari bor aloqa vositalaridan foydalaning.

  3. Siz foydalanadigan har qanday kompyuter yoki mobil qurilmada quyidagilar boʻlishini ta'minlang:

    • Ruxsat etilmagan shaxslar tomonidan jismonan foydalanish imkoni boʻlmasligi.

    • Ularni ochish uchun parol yoki kirish kodi talab qilinishi.

    • Operatsion tizimning va ilovalar/dasturlarning eng soʻnggi versiyalari oʻrnatilganligi.

    • Agar mamlakatingizda bu qonuniy boʻlsa, diskning toʻliq shifrlanishi.

    • Viruslarga qarshi dastur va xavfsizlik devori oʻrnatilgan, vaqtida yangilangan va toʻgʻri konfiguratsiya qilingan.

    • Root qilinmagan yoki blokdan yechilmagan hamda unda hech qanday noqonuniy dasturlar oʻrnatilmagan.

    • Uyqu yoki gibernatsiya rejimida qoldirilmagan, aksincha, imkon qadar tez-tez oʻchirilgan va quvvatdan ajratilgan.

  4. Siz foydalanadigan har qanday onlayn xizmatda quyidagilar boʻlishini ta'minglang:

    • Kirish uchun murakkab, noyob parolni talab qiladi.

    • Imkoni boʻlsa, ikki faktorli autentifikatsiya (2FA / 2SV) yoqilgan.

  5. Barcha onlayn parollaringizni kuzatib borish va 2FA zaxira kodlarini saqlash uchun shifrlangan parol menejeridan foydalaning.

  6. Internetga umumiy yoki ishonchsiz tarmoq orqali kirsangiz, maxfiylikka e'tibor qaratilgan VPNdan foydalaning.

  7. Ortiq kerak boʻlmagan maxfiy ma'lumotlarnining barcha shakl va turlarini xavfsiz tarzda oʻchirib tashlang va uni qayta tiklab boʻlmasligiga ishonch hosil qiling.

  8. Har qanday maxfiy yozma qaydlarni, bosma nusxalarni va boshqa bosma materiallarni xavfsiz tarzda saqlang va ular ortiq kerak boʻlmaganda ularni maydalang yoki yoqing.

Shuni yodda tutingki, yuqorida keltirilgan raqamli xavfsizlik koʻrsatmalarning ayrimlarini qoʻllashning ham xatarlari mavjud, shu jumladan ma'lumotlaringizga kirish huquqini yoʻqotishingiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu maslahat sizga nisbatan xavfli boʻlmagan muhitda ishlashga yordam beradi va maxfiy ma'lumotlar xavfsizligini kafolatlamaydi. Agar biron bir vosita yoki asbobdan xavfsiz foydalanishni bilmasangiz, siz maxsus koʻrsatmalar bilan tanishishingiz yoki treningdan oʻtishingiz kerak.

SALOMATLIK VA CHIDAMLILIK

  1. Imkon darajasida, doimiy tungi harakatlar va yoqimli uyqu muhitini oʻz ichiga olgan uxlash gigiyenasini saqlang.

  2. Muntazam ovqatlaning va parhez saqlang.

  3. Muntazam ravishda yuring, mashq qilish yoki sport bilan shugʻullaning.

  4. Jismoniy xastalik yoki shikastlanishlanganda davolaning va bunga vaqt ajrating.

  5. Kundalik tanqidiy fikrlash va tafakkur qilish bilan shugʻullaning.

  6. Dorilar yoki spirtli ichimliklarni stress yoki travmani yengishda iste'mol qilmang.

  7. Sizni qoʻllab-quvvatlaydigan doʻstlaringiz, oilangiz, hamkasblaringiz va jamiyat a'zolari bilan munosabatlaringizni saqlang.

  8. Agar sogʻlig'ingiz yoki farovonligingiz yomonlashayotgan boʻlsa, tegishli yordam olish uchun harakat qiling.

v.1.0Birinchi nashr qilingan: 2020 yil 21-mayUshbu versiya: 2020 yil 18-sentyabr